Ro‘zadorlar uchun tavsiya

Date:

Ro‘za tutmoqlikning farzi, savobi haqida ma’lumotlarga egamiz. Aslida ro‘za tutish nafaqat ruhiyatimizni, balki organizmimizni ham poklaydi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga yordam beradi.
Ro‘zadorlar uchun tavsiya etiladigan fikrlar esa foydadan holi bo‘lmaydi, albatta. Eng avvalo, kun davomida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi. Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu me’yorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho‘l mevalardan yeyish foydali. “Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv ne’matlar hisoblanadi. Sho‘rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste’mol qilish mumkin.
Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan kofe, choy, gazli ichimliklardan voz kechgan ma’qul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishi (degidrasiya)ga olib keladi.
Kun davomida juda ko‘p harakat qilish organizmning ko‘p miqdorda suv yo‘qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo, kun bo‘yi harakatsiz o‘tirish ham tavsiya qilinmaydi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...

Muzrabotda zamonaviy tomorqachilik maktabi tashkil etilmoqda

Muzrabot tumani Yangi diyor mahallasida joylashgan “Surxon KSP-Grand” MCHJ...

Narx barqaror, sifati oliy

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholini...

SURXONDARYODA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI KENG NISHONLANDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun