Otalar majburiyati oshirilmoqda

Date:

Farzand tarbiyasida otaning o‘rni katta. Afsuski, har doim ham ota ishidan ortib, o‘g‘il-qizlari uchun vaqt ajratavermaydi. Bu bilan katta xatoga yo‘l qo‘yayotganliklarini anglaganida esa kech bo‘lishi mumkin. Xolbuki, tarbiyaga kelganda ona ko‘ngilchanglik qilishi mumkin. Ammo, ota irodasi oldida har qanday farzandning mas’uliyat, majburiyat hissi ortadi. Shunday ekan maktablarda tashkil etiladigan ota-onalar yig‘ilishida otalarning ishtiroki ta’minlanayotgani ko‘zlangan natijaga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining bo‘lib o‘tgan sessiyasida viloyatda yakshanba kunini “ota-onalarning farzand qabul kuni” deb e’lon qilishni taklif etganida ham ayni shu ma’no mujassam. Sessiya kun tartibidagi muhim masala sifatida yurtboshining aynan farzand tarbiyasida ota-onalarning majburiyatini oshirish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tganida haqiqatan jon bor.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablarida otalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda bugungi zamonda tirikchilik bilan band boʻlgan koʻpchilik otalarning oʻz farzandlarining taʼlim va tarbiyasiga oid ishlarda eʼtiborsizligi, ota bolani tinglashi va uning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda munosabatda bo‘lishi lozimligi va har bir farzandning his-tuyg‘ularini tushuna olishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun