Jahon chempionatiga yoʻllanma naqd…

Date:

Yoshlik chog‘ida bir bora bo‘lsa-da kurash tushmagan, o‘zini sportning qaysidir turida sinamagan yigit Surxondaryoda topilmasligi aniq. Negaki, surxon elining o‘g‘lonlari yoshligidanoq sportga oshno bo‘lib ulg‘ayadi. Jilla qursa, ko‘rpacha ustida aka-ukalar tugul, mitti qizchalar ham bir-biri bilan kurashib, raqibining yelkasini yerga tekkizishdan zavq tuyadi.
Voha kengliklarida mashg‘ulotlarda suyagi qotgan, quyoshning tig‘ida toblanib, chiniqqan yigitlar katta-katta davralarda ham, sport musobaqalarida ham doim ilg‘orlikka intiladi. Maydonga tushdimi, tamom, ortga qaytish yo‘q. Chunki maydon uzra raqib sportchi bilan nafaqat muvaffaqiyatni, g‘oliblikni talashadi, balki mard, qoni qaynoq o‘g‘lonlar or talashib, tug‘ilib o‘sgan yurti uchun ko‘krak kerib kurashadi.
Toshkent shahrida sportning Taekvondo ITF turi boʻyicha oʻtkazilgan birinchi Markaziy Osiyo chempionati musobaqasida Uzun tumani sport maktabi sportchisi Nematullo Jumayev faxrli 1-oʻrinni, Mahmud Mustafoyev 2-oʻrinlarni egallashdi hamda joriy yilning avgust oyida Qozogʻiston poytaxti Astana shahrida oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun