“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki”

Date:

Katta o‘zgarish va yangilanishlar ostonasida turibmiz. Huquq va majburiyatlarimizni kafolatlaydigan Bosh qomusimizning xalqimiz hayotida, turish-turmushida ahamiyati benihoya katta. Bugungi shiddat ila o‘zgarayotgan davr, zamon rivojlanishni talab etadi. Albatta, o‘zgarishlarni barcha sohalarda, tizimlarda ko‘rish mumkin. Shu bilan birga konstitutsiyamizning har bir moddasida, bobida, umuman mazmunan boyitishda xalq xohish-irodasi, istaklari inobatga olinib, ko‘pning manfaatlari uchun xizmat qilmog‘i uchun xalq fikri tinglangdi, konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Respublikamiz bo‘ylab “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, keng omma hukmiga havola etilayotir. Unda so‘zga chiqqanlar esa siz-u bizdek oramizdagi oddiy odamlar, mehnatkash xalq vakilari. Shuni ham aytish kerakki, ularning-da o‘z haqiqatlari, o‘z davrida chekkan azoblari bor. Nohaqlik qurboniga aylangan bu insonlarning taqdiri endi takrorlanmaydi. Sababi yangi qonun loyihasi kuchga kirishi bilan xalq manfaatlari uchun ishlaydi. Ana shunday tag‘ibot-tashviqot tadbiri va konsert-shousi Termiz davlat universitetida ham tashkil etildi. Otaxon universitet qoshida jam bo‘lgan viloyat yoshlari o‘z shijoatini, konstitusiyaviy qonun loyihasiga bo‘lgan munosabatlarini bildirdilar.

Erkin minbar sifatida berilgan imkondan foydalangan dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev, Ro‘zigul Safarova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Aziza Xolboyevalar so‘zga chiqdilar.
— 2001-yil Surxondaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga rais bo‘lib tayinlanib, katta shijoat ila ish boshlaganimda xizmatimga yarasha rahmatlar eshitishni, ko‘ksimga shoda-shoda medal-u ordenlar taqilishini orzu qilgandim, — deydi Surxondaryo viloyat tabiat resurslari boshqarmasi boshlig‘i Ro‘zigul Safarova. — Ammo, buning o‘rniga tuhmatga qoldim, qo‘llarimga kishan taqishdi. Panjara ortiga tiqishdi. Hozirgi konstitusiyamizning qonun loyihasi avvalroq tasdiqlanganida edi nohaqlik qurboni bo‘lmasdim, aybim isbotlanmaguncha hech bir kuch meni panjara ortiga tiqa olmasdi.

E’tirof etish kerakki, konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida jami 222 715 ta taklif kelib tushgan, loyiha tayyorlashda esa 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar qabul qilinib, 190 ga yaqin davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Qo‘llarida paxta tutib olgan Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori ham so‘zga chiqib, shunday dedi:
— Qo‘limdagi paxta ko‘rib turganingizdek oppoq, ammo uning ko‘nglimda qoldirgan qora dog‘i bor. Bir paytlardagi majburiy paxta yig‘im-terimi sabab sinovlarga sinashta bo‘ldim. Boshimga ko‘p og‘ir damlarni solishdi…

So‘zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimcha va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundan-da yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, qabul qilinadigan har qanday qonun va qaror bir insonning emas, ko‘pning, umumxalqning manfaatini, huquqlarini himoya qiladi. Shunday ekan hech birimiz o‘z kelajagimiz uchun befarq bo‘lmasligimiz lozim. Surxondaryolik yoshlar ham muhim tarixiy voqea — konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan referendum oldi tadbirlarida faol ishtirok etdilar.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov, taniqli xonanda Rayhon ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

S.Normurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun