Rejalar belgilab olindi

Date:

Ko‘chaga otlandikmi, yo‘lovchiga aylanamiz. O‘zimiz va o‘zgalar hayoti uchun mas’ulmiz. Ayniqsa, avtomobil boshqarayotganda ana shunday mas’ullikni unutmasligimiz lozim. Tez-tez quloqqa chalinib, ko‘ngilni ranjitadigan avtohalokatlar, qurbonlarning sonini ortayotgani har bir kishini sergaklantirishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar bilan tanishish maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh mas’ullari IIV Jamoat xavfsizligi deportamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mas’ullari, viloyat YHXB rahbarlari boshchiligida Sariosiyo tumani madaniyat markazida tuman hokimi birinchi o‘rinbosari, mahallada faoliyat yurituvchi mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, mahalla inspektorlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari hamda huquq tartibod organlari xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbirda yo‘l taransport hodisalarini kamaytirish, yo‘l infratuzulmasini takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish va o‘lim holatlarini, shuningdek yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini o‘rganib, manzilli chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ushbu yo‘nalishda “Mahallabay” ishlash tizimini takomillashtirish, bu orqali YTHni kamaytirishga erishish mumkinligi yig‘ilganlarga yetkazilib, takliflar tinglandi. Har bir mahallaga biriktirilgan faollar YPX inspektorlari faoliyatiga ko‘makchi bo‘lishga chaqirildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun