Xushyor va ogoh bo‘laylik!

Date:

Ba’zida quloqchin taqib olgan o‘quvchini poyezd bosib ketibdi degan dahshatli xabarlar qulog‘imizga chalinadi. Bunday e’tiborsizlikdan, beparvolikdan jahllanamiz. Ammo, ming afsus va nadomat chekkanimiz bilan kech… har qanday ko‘ngilsizlikning oldini olish uchun avvaldan zaruriy choralarni ko‘rmoq lozim. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Paxta zavod”, Alisher Navoiy va Jarqo‘rg‘on minorasi mahalalari temir yo‘l izlari yaqinida joylashgan mahallalar ro‘yxatida turadi. Bu mahalla yoshlari o‘qish va boshqa yumush uchun turgan gapki, ko‘chaga chiqadi, temir yo‘l yoqalab yoki temir yo‘l izi bo‘ylab manzili tomon ravona bo‘ladi. Mana shunday paytda yo‘lovchilarning xavfsizligi yuzasidan ogohligini oshirish uchun kerakli chora-tadbirlarni qo‘llash lozim. Shu maqsadda ushbu mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan “Xavfsiz kun” mavzusida maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Surxondaryo viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi Jarqo‘rg‘on bekati huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi inspektori mayor Jasur Xonto‘rayev, mahalla raislari hamda mahalla oqsoqollari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan 1-fevraldan 1-mart kuniga qadar yoshlar orasida “Giyohvandlik va psixotrop moddalarini tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi davomida fuqoralar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilayotgani xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Jasur Xonto‘rayev,
Jarqo‘rg‘on bekati XPG inspektori, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun