Tibbiy sug‘urta polisi haqida gap ketganda ko‘plab rivojlangan davlatlarda aholi o‘z salomatligini sug‘urtalashi haqida eshitamiz. Bu esa aholi uchun ko‘plab qulayliklar yaratadi. Sogʻliqni saqlash sugʻurtasi yoki tibbiy sugʻurta (Janubiy Afrikada tibbiy yordam sifatida ham tanilgan) tibbiy xarajatlarga duchor boʻlgan shaxsning xavfini toʻliq yoki bir qismini qoplaydigan sugʻurta turi hisoblanadi. Sugʻurtalovchi sogʻliq uchun xavfning umumiy xavfini va sogʻliqni saqlash tizimi xarajatlarini xavf-xatar pulidan baholash orqali sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sogʻliqni saqlash toʻlovlarini toʻlash uchun pulni taqdim etish uchun oylik mukofot yoki ish haqi soligʻi kabi muntazam moliyaviy tuzilmani ishlab chiqishi mumkin. Imtiyozlar markaziy tashkilot, masalan, davlat organi, xususiy biznes yoki notijorat tashkilot tomonidan boshqariladi.
Amerika sogʻliqni sugʻurtalash assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, tibbiy sugʻurta kasallik yoki jarohatlar natijasida nafaqalarni toʻlashni taʼminlaydigan qoplama deb taʼriflanadi. U baxtsiz hodisa, tibbiy xarajatlar, nogironlik yoki tasodifiy oʻlim natijasida yetkazilgan zararlarni sugʻurtalashni oʻz ichiga oladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan JSST ekspertlari mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtani joriy qilishning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan. Oltinsoy tumanidagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Sog‘liqni saqlash muassasalarida davlat tibbiy sug‘urta mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish” mavzuyida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyada sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish, tibbiy sug‘urtaga oid qonun qabul qilish, ushbu tizimni 2021-yildan Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida qo‘llash hamda 2025-yilgacha respublika miqyosida tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifalari belgilab berilganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yakunda joriy etilayotgan davlat tibbiy sug‘urtasi tizimining mazmun-mohiyati, maqsadi yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda mavzu yuzasidan videorlik namoyish etildi.
Sohibjamol