Yurish marafoni tashkil etildi

Date:

Harbiylik libosining o‘ziyoq qalbimizga faxr-iftixor tuyg‘ularini mavjlantiradi. Endi bir tasavvur qilaylik, harbiy orkestr sadolari ostida o‘y-xayollarimiz qanday bo‘larkan? Albatta, Vatanga muhabbatimiz yanada oshadi. Uning himoyasi muqaddas burch ekani haqida o‘ylaymiz. Farzand sifatida Vatan xizmatiga bel bog‘lash, bir koriga yarashga urinamiz.
Yuragimizda vatanparvarlik hissi jo‘sh urar ekan, bu his har qadamimizda, har onimizda, yuragimizning har zarbida o‘z kuchini ko‘rsataveradi. Bu his sehrli, bu his ohanrabodek, o‘zimizga o‘zgalarni, atrofdagilarni-da ergashtira oladi, yuqtira oladi. Angor tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy orkestr sadolari ostida yurish marafoni tashkil etildi. Ushbu marofonda sektor rahbarlari, tashkilot mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Shahdam qadam tashlayotgan yoshlarning siyratida Vatanga muhabbat hissini, burch va sadoqat uchqunlarini sezish qiyin emas. Yurish marafoni tumanning “Qoʻshtegirmon” mahallasi hududidan “Madaniyat” mahallasigacha davom etdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...

Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus...

Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan,...

Yoshlar va rahbarlar ochiq muloqotda uchrashdi

Yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning kasbiy hamda ijtimoiy...
KunTun
KunTun