Enagalik bilan o‘zini-o‘zi band qilish mumkin

Date:

Ishning katta-kichigi, yaxshi va yomoni bo‘lmaydi. Ozmi-ko‘pmi halol luqma ila kelgan mablag‘ning barakasi bo‘lsa bo‘lgani. Ishlashga ehtiyoj sezdikmi, taklif etilayotgan ish o‘rinlariga layoqatimizni, eplay olish-olmasligimizni hisobga olamiz. Ma’qul keldimi, demak o‘sha ish biz uchun…
Ko‘p hollarda ish qidirayotib, enaga qidirishayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ortiqcha hujjat va tanlovlarsiz ishga qabul qilinib, oyma-oy maosh olish yaxshi, ammo ish staji belgilanmasligi sabab bunday takliflarni rad etamiz. Xolbuki, oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.
Buning uchun enagalik qilayotganlar soliq organlarida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali ham amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli maʼlumotnoma beriladi. “Ro‘yxatdan o‘tsam, har oy maoshimdan ushlanmalar ushlanadi” desangiz adashasiz, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi. Faqatgina mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yilda bir marotaba BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi.
Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun