Teatr jamoasi Angorda

Date:

Siz uchun asl xazina nima? Ushbu savolning o‘ziyoq kishini sarhisob qilishga boshlaydi. Haqiqatan ham xazina deb aytgulik nimalarimiz bor? Kimdir ota-onasi, farzandlarini o‘ylashi, kimdir jamg‘arib orttirgan boyligini aytar. Angor tumanida Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan taqdim etilgan “Asl xazina” spektakli tomoshabinlar uchun asl xazina nima ekanini eslatganday bo‘ldi. Buni tan olish yoki olmaslik esa har kimning o‘ziga havola.
Shukrullo Mahkamov qalamiga mansub ushbu spektakl komedik janrda. Ammo, koʻtarilgan muammolar kishini o‘yga toldiradi. Spektakl davr talabidan kelib chiqqan holda sahnalashtirilsa-da, ogʻriqlarimizni, kamchiliklarimizni yaqqol ko‘rsatib bera olgani bilan ahamiyatli.
Spektakl bosh qahramoni Esonboy otasidan qolgan devor orasidan quticha topib oladi. Voqealar rivoji ana shundan keyin boshlanadi. Barcha qahramonlar bu qutichada xazina bor deb o‘ylab, uni qo‘lga kiritish ilinjida bo‘lishadi. Qutichani ochib koʻrishgach, ichidan xat chiqadi. Xatni oʻqiganning biri esidan ogʻsa, boshqasi eshitmay, yana birining koʻzi koʻrmay qoladi. Ha, aslida eng katta boyligimiz — sog‘ligimizdir. Spektakl ana shunday haqiqat asosida qurilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sariosiyoda Mustaqillik bayrami tantanalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sariosiyo...

Telefon raqami orqali pul yuborish mumkin

Bugungi kunda bank xizmatlarining soddalashib, kundalik hayotga yanada qulay...

107 YOSHLI MENGLIHOL MOMOGA YUKSAK E’TIROF

Boysun tumanida istiqomat qiluvchi 107 yoshli Jo‘rayeva Menglihol onaxonga...

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...
KunTun
KunTun