103 xizmat avtomashinasi berildi

Date:

“Tez yordam”ga sim qoqib, vaqtida kelmagan yordam sabab bemorning ahvoli yomonlashgani haqidagi gap-so‘zlar o‘qtin-o‘qtin qulog‘imizga chalinadi. Haqiqatan ham tibbiy yordam vaqtida berilishi va inson hayoti asrab qolinishi, xavf solayotgan kasallik simtomlarini yengillashtirish muhimdir. Axir inson qadri ulug‘langan yurtda yashayapmiz. Ammo, masalaning boshqa tomoni ham borki, bu jihatlarga ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Chaqiruvlar sabab, tez yordam mashinalari band bo‘lsa, ularni yo‘naltirilgunga qadar ham birmuncha vaqt o‘tishi bor gap. Shunday paytda esa vaqtning har lahzasi bemor uchun oltinga teng bo‘ladi.
UNICEF xalqaro tashkiloti tomonidan Bandixon tumani Tibbiyot birlashmasiga zamonaviy va barcha qulayliklarga ega 103 xizmat avtomashinasi berilgani ana shunday muammolarning oldini olishga xizmat qilishi shubhasiz.
Zamonaviy xizmat avtomashinasini tantanali topshirish marosimiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi ma’sul xodimi va boshqa soha vakillari ushbu tuhfa bilan tibbiyot birlashmasi xodimlarini samimiy qutlash barobarida birlashma binosi yonida kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanish arafasida turgan “Tug‘ruq kompleksi” bilan ham tanishishdi. Aytish kerakki, tuman ahli yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan, hududda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanayotganidan mamnun.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun