42 nafar MFY raisi Jizzaxda tahsil olmoqda

Date:

Nigora Mirzaqulova Termiz shahridagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi. Mahalla ahli opani yaxshi taniydi va hurmatlaydi. Shu sababdan ham bir necha marotaba rais sifatida tanlab, ishonch bildirishgan. Bu ishonch esa mahalla raisasining mas’uliyatini oshiradi. Har doim yanada yaxshi ishlashga, mahalla ahliga naf keltirishga, tifoqligini, ahilligini ta’minlashga urinadi. O‘z o‘rnida kerakli yordamni berib, ko‘pning duosini olib kelayotir.
Ammo, shunga qaramay mahalla raisasining armoni bor edi. Doimo oliy ma’lumotli bo‘la olmaganidan o‘ksinardi. Chin dildan istak bo‘lsa, har qanday orzu o‘z ro‘yobini topar ekan. Buni Nigora Mirzayeva misolida ko‘rish mumkin. Pensiya yoshiga yetganiga qaramay, qilgan mehnatlari, zahmatlari bugun uni oliygoh talabasi bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Opa 1-bosqich talabalari qatorida tahsil olayotir.
Opa yanglig‘ Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 42 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida tahsil olayotgani nafaqat ular, balki yaqinlari, mahalla ahli uchun ham quvonchli hodisa. Bunday katta imkonni bergan davlatimizdan minnatdor tarzda tahsilni boshlab yuborgan mahalla raislari har bir dars jarayonlarini sidqidildan o‘zlashtirishga kirishishgan.
Sirtqi ta’limni boshlab yuborgan MFY raislarining kichigi 40 yoshdan oshgan bo‘lsa, ulug‘i 67 yoshda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘ini raisi qoida tariqasida oliy maʼlumotli bo‘lishi kerak. Shu sababli davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratib berilgan imkoniyatdan foydalangan surxondaryolik va qashqadaryolik oqsoqollar oliy o‘quv yurtida ijtimoiy yo‘nalishda bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy...

O‘qituvchi maoshini o‘zi belgilaydi

O‘qituvchi-pedagoglar qadr topib, ular uchun barcha shart-shaoitlar yaratildi. Maqsad...

Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq...

Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg...
KunTun
KunTun