Hudud infratuzilmasi yaxshilanadi

Date:

Sherobod tumanidagi markaziy dehqon bozoriga yo‘li tushganlar holatni yaxshi biladi. Bozor-o’charga yoki biror yumush bilan kelgan avtoulovini qayerga joylashtirish masalasida anchagina qiynalib, vaqtini ketkazishi bor gap. Bunday tartibsizlik esa kishi asabini bir muddat egovlashi aniq.
Sherobod tuman hokimi Z.Xalilov Mustaqillik ko‘chasida joylashgan markaziy dehqon bozori atrofidagi tartibsizliklarni joyiga borib kuzatdi. Masala jiddiy, muammoni esa bartaraf etib, aholiga qulaylik yaratish lozim. Shu maqsadda avtomashinalarning harakatini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida manzildagi yo‘llarning holatini tez fursatlarda yaxshilash chorasini ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Shuningdek, manzilda zamonaviy avtoturargohlarni qurish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Tuman markazi hisoblangan ushbu hudud qiyofasi qisqa muddatlarda o‘zgartirilib, obod va ko‘rkam manzilgohga aylantiriladi. Tuman rahbari o‘rganish jarayonida fuqarolarning taklif va mulohazalarini ham tingladi va ushbu hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishini bayon etdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun