“Maktablarda kasb-hunar o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish lozim”

Date:

Bugun ta’lim tizimiga har qachongidan-da katta e’tibor qaratilgan. Sal avval maktabni bitirgan o‘quvchi o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotni olish uchun o‘qishni davom ettirishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda dars jarayonlari bilan birga chet tillari hamda o‘quvchining qiziqishiga qarab biror kasb-hunar o‘rgatilishi kelgusi hayotlarida o‘z ishini boshlashi, mustaqil qadamni tashlashi uchun muhim ahamiyat kasb etayotir. Buning uchun ta’lim muassasasida yetarli shart-sharoit va malakali mutaxassislar, hunarmand-ustalar jalb etilsa bo‘lgani.
Surxondaryo viloyat hokimi Oltinsoy tumanida bo‘lib, umumtaʼlim maktablarida bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, Oltinsoy tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga kasb o‘rgatish borasida olib borilayotgan ishlar, amaliy mashg‘ulot xonalarining jihozlanganlik holati o‘rganildi. O‘quvchilar bilan taʼlim sifati va kasb-hunar o‘rganish darajasi haqida suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, tumandagi 18-, 19- va 27-sonli maktablarda ham taʼlim sifati bilan birga chet tillari va kasb o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun o‘quvchi-yoshlar hududdagi kasb-hunar maktablaridagi mavjud bazadan foydalanishadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun