Termiz arxeologiya muzeyidan qirqqa yaqin nodir topilma Berlin ko‘rgazmasidan joy oladi

Date:

Ona vatanimiz juda qadim tarixga ega. Tuprog‘imiz qa’ridan topilgan va topilayotgan noyob topilmalar esa necha-necha asrlar silisilasi haqida hikoya qilib turadi. Albatta, bu noyob va qimmatli buyumlar tomoshasi tarix haqida tasavvur va taassurotlarimizni oshirishga xizmat qiladi. Yevropa davlatlaridagi mashhur muzeylarda O‘zbekiston tarixi haqida, madaniyati va qadriyatlari, san’ati haqida hikoya qilguvchi ko‘rgazmalar tashkil etilayotgani har bir yurtdoshimiz qalbini faxr va iftixorga to‘ldiradi. Qolaversa, xorijliklarning yurtimizga, madaniyatimiz-u boy o‘tmishimizga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Dunyo xaritasida O‘zbekiston degan davlat borligini, muhtasham tarixga ega ekanini so‘zlab turadi. Bu esa albatta, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga, turizm sohasi rivojiga xizmat qiladi.
Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahrida “O‘zbekiston – makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar saltanatigacha” deb nomlanuvchi ko‘rgazma tashkil etiladi va unda yurtimiz muzeylaridan 270 dona eksponat namoyish etiladi. Termiz arxeologiya muzeyidan qirqga yaqin nodir topilma joy olishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Termiz arxeologiya muzeyiga Germaniya Respublikasidan topilmalarni ko‘rgazmaga tayyorlash va ko‘zdan kechirish maqsadida restovratorlar: Susanne Krebstakies, Renate Froelichlar tashrif buyurdi. Hozirda germaniyalik restavratorlar muzey mutaxassislari bilan birgalikda o‘zaro tajriba ko‘mikmalarini o‘rtoqlashgan holda eksponatlar ustida ishlamoqdalar.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun