Chuv tushirdi…

Date:

Internet tarmog‘i orqali pul yoki qimmatbaho sovg‘alar yutib oldingiz yoki Prezident bir martalik yordam puli ajratdi, shu havola orqali olishingiz mumkin talqinidagi xabarlar kelganida uni olishga shoshilmang. Bu yolg‘on xabar hisoblanib, plastik karta raqamingizni olishlari yoki pochta haqini undirishlari hisobiga laqillatib ketishlari hech gap emas. Unutmang, hech kim shunchaki sovg‘a yoki pul bermaydi.
Xuddi shunday Termizda yashovchi R.M. va U.S. telegramdagi “Yutuqli o‘yin” guruhi administratori tomonidan ularga kelgan “Samsung A53“ sohibiga aylandingiz, yutuqni qo‘lga kiritish uchun pochta pulini to‘lang va uni kutib oling”, degan xabarga ishonib, yuborilgan bank kartasiga 200 ming so‘m o‘tkazib berishgan. Sovg‘a ha-deganda kelavermagach, qolaversa, administrator akkaunti ularni bloklab qo‘yganidan so‘ng, chuv tushunishganini tushunib yetgan yigitlar IIBga murojaat qilishgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida esa ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan 22 yoshli R.D. sodir etgani aniqlangan. Bu hali hammasi emas, u boshqalarning ham pullarini shu tarzda talon-toroj qilib kelgan.
Jinoyat jazosiz qolmaydi. Ayni paytda R.D.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun