Sulton Saodat majmuasi: go‘zal ziyoratgohga aylantiriladi

Date:

Surxon vohasi ziyorat turizmi uchun qulay hudud. Surxondaryoliklar uzoqqa borib o‘tirishlari shart emas, eng avvalo tarixiy qadamjolarimiz, madaniy meros obyektlarini kezib ham madaniy-estetik ruh olishlari, ziyorat qilishlari mumkin. Buning uchun yetarlicha xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, turizm sohasiga e’tiborni kuchaytirish talab etiladi xolos. Xalq tilida mashhur Termiz ota, ulug‘ pirlar ziyorati uchun yurtimizning turli hududlaridan, qolaversa, islomiy davlatlardan turist va ziyoratchilarning qadami uzilmaydi. Ana shunday ziyoratgohlardan biri, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi Sayyid Hasan al-Amir mangu qo‘nim topgan tabarruk maskan — Sulton Saodat majmuasidir. Mahobatli maqbaralar majmuasidan iborat Sulton Saodat nomi bilan tanilgan muqaddas go‘shani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 6-aprelda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ziyorat qilib, ushbu qadamjo ulkan maʼnaviy meros va tabarruk maskan ekanini qayd etgan edilar. Shuningdek, Sulton Saodat majmuasining tarixini mukammal o‘rganish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish, majmua hududini arxeologik o‘rganish asosida obodonlashtirib, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.
Ana shu ko‘rsatma va topshiriqlarga asosan o‘tgan yillarda majmua atrofi obodonlashtirildi. Bu yerga olib boradigan yo‘l bo‘yida namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy turar-joy binolari barpo etildi. Yangi masjid qurilishi boshlandi. Sulton Saodat majmusiga olib boruvchi eski yo‘l bilan yangi masjidga boriladigan yo‘l bir-biriga bog‘lanayotir.
Majmua hududida yengil konstruksiyali zamonaviy axborot markazi bunyod etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu markazda qadamjo to‘g‘risida turli tillardagi maʼlumotlar doskasi o‘rnatish, foto va videomateriallar namoyishi uchun maxsus monitor bilan jihozlanishi loyihaga kiritilgan. Qolaversa, xorijlik va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan oilaviy mehmon uylari qurilib, mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun