“Toza hudud” davlat unitar korxonasiga 10 ta maxsus texnikalar topshirildi

Date:

Tozalik, ozodalik bo‘lgan joyda baraka bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan viloyat hokimi lavozimiga tayinlanganining ilk kunlaridan shahrimiz tozaligiga alohida e’tibor qaratdi. Albatta, shahrimiz obodligiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan sanitar tozalash korxonalarining jonkuyar ishchi-xodimlari ham birmuncha jonlangandek, mehnati va jonbozligi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Bunday obodlik ishlarida sanitar tozalash korxonalarining ish samaradorligini oshirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib, ketish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida viloyat hokimining tashabbusi bilan 878 million so‘m bo‘lgan 10 ta zamonaviy maxsus texnika berildi. Natijada esa “Toza hudud” DUK korxonasida 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
—Viloyatimizda chiqindilar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi kerak, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishi, barcha mutassadilar o‘z ishiga vijdonan yondashishi kerak. Shundagina shaharlarimiz obod, orasta bo‘ladi — dedi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov.
O‘z navbatida maxsus texnikaning kalitlari topshirilgan haydovchilarning quvonchi cheksiz, axir aytishadi-ku, ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur deya. Endi ular shahrimiz ozodaligini saqlash uchun bor kuch-quvvatini safarbar etishlarini aytishdan to‘xtashmayapti.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun