Press-tur tashkil etildi

Date:

Termiz tumani haqida gap ketganda nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasida, balki sanoatlashgan, innovatsiyalar rivojlangan hudud ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Buning uchun tumanda bo‘lish, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish kifoya. Sababi Termiz tumanida so‘nggi bir necha yil ichida ko‘plab sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilib, o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirayotgani haqiqat.

Mana shunday o‘zgarishlar minglab ish o‘rinlari yaratilishiga zamin hozirlaydi. Bu esa tuman ahli hayotini yaxshilashga, farovonligiga xizmat qiladi. Bu borada ming marta eshitgandan, bir bor ko‘rgan afzal deganlaridek, OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun Termiz tumaniga press-tur tashkil etildi. Mehmonlar 2022-yilda ishga tushirilgan loyihalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tur davomida ishtirokchilar asfalt qoplamasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari hamda yangidan tashkil etilgan chorvachilik kompleksi bilan tanishdilar. Yangi tashkil etilgan chorvachilik kompleksida esa chet davlatlardan zotdor qoramollar keltirilib, mahalliylashtirish orqali ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan.
Zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan, mahalliy bozorlarni to‘ldirayotgan, qo‘shni davlatlar bozorlarigacha kirib borayotgan ushbu korxonalar mahsulotlari sifat jihatidan barcha talablarga javob berishi bilan ajralib turadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun