“Yo pirim” deb kurashdi

Date:

Surxon zamini Alpomish-u Barchinlarni o‘z bag‘rida ulg‘aytirgan, chiniqtirgan yurt. bu vohaning vorislari ham ajdodlariga munosib avlod bo‘lishni diliga tugib, bolalikdan kurashib, olishib, kurashlarda, maydonlarda suyagini qotiradi. Ayni shunday qizlari ham alplikka, polvonlikka da’vogar.
Hindistonning Puna shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha tashkil etilgan Jahon chempionatida alp yigitlar qatori vohaning Barchin qizlari ham maydonga tushdilar. Or uchun, yurt sha’ni uchun “Yo pirim” deb kurashdilar. Angorlik polvon Mohinur Mo‘minovaga teng keladigani topilmadi. U 48 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarining kuragini yerga tekkizib, halol yengdi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun