Tejamkor gaz uskunalari o‘rnatilmoqda

Date:

Elektr energiyasi, gaz va suvdan foydalanishda tejamkor bo‘lishga harakat qilamiz. Ularni o‘lchovchi uskunalardagi raqamlarning o‘zgarishi hisobimizdagi mablag‘larga daxl qila boshlaydi. shunday uskunalar, hisoblagichlar bo‘lsa-yu, hisobimizdagi mablag‘imiz hech ham tugamasa… chirog‘imiz, gazimiz o‘chmasa, suvimiz esa qurimasa… aynan shunday tejamkor gaz uskunalari o‘rnatilayotgani esa xalq ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali hududiy bo‘limlarining servis xizmatini rivojlantirish xizmati xodimlari esa aholi va ulgurji iste’molchilar bilan gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun tegishli tartibda shartnomalar tuzib, tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz holda foydalanish, zamonaviy, tejamkor gaz uskunalarining afzalligi borasida targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.
Termiz shahrida 25 ming 35 ta xonadon bo‘lib, 3 ming 153 ta uydagi 5 ming 861 ta gaz jihozi profilaktik ko‘rik va texnik taftishdan o‘tkazilgan. Tizim xodimlari tomonidan iste’molchilar nostandart gaz uskunalaridan foydalanmaslik zarurligi borasida qat’iy ogohlantirilib, ularga tejamkor gaz uskunalarining afzalligi borasida ma’lumotlar berilmoqda.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun