BERUNIYNING AQL MASH’ALI

Date:

O‘zbek xalqi asrlar davomida o‘zining ko‘p ming yillik tarixi bilan o‘tmish zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallab kelmoqda. Ibn Sino, al-Buxoriy, at-Termiziy, al-Farg‘oniy, Bahouddin Naqshband, al-Xorazmiy kabi ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ta’kidlamay o‘tish imkonsizdir.
Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ana shunday buyuk shaxslardan biridir.

U qomusiy olim, fanning deyarli barcha sohalari bilan shug‘ullangan. Falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma’danshunoslik fanlarini chuqur o‘rgandi. Shu bilan birgalikda u shoir va adabiyotshunos ham edi. Ko‘plab tillarni, jumladan, arab , fors, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy hamda sanskrit tillarini puxta bilgan.
Allomaning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish maqsadida joriy yilning 25-avgust sanasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash, yoshlarimizni Beruniy shaxsiyati, asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yurtimiz bo‘ylab joylarda, o‘quv dargohlarida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanmoqda. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabda ham ulug‘ mutafakkir tavalludining 1050 yilligi o‘quvchilar, o‘qituvchilar va mehmonlar ishtirokida keng miqyosda nishonlandi.

Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiga oid qizg‘in ma’lumotlarni yoritib berish, uning boy merosi bilan o‘quvchi-yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori, professor Toshkentboy Pardayev ma’ruza qildi. Tarixchi olim o‘z ma’ruzasida Beruniyning jahon svilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi, alloma bizga yozib qoldirgan ilmiy merosning ahamiyati, asli xorazmlik bu olimning filologiya, falsafa, etnografiya, jo‘g‘rofiya, matematika, astronomiya, menerologiya, farmakologiya, tarixga doir asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligini va bugungi ilm-fan uchun poydevor vazifasini o‘taganligini ta’kidladi.

Ustozning ma’ruzasi o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ijodkor yoshlar ijro etgan kuy va qo‘shiqlar, she’rlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Maktabning 8-sinf o‘quvchilari ijrosida sahnalashtirilgan Beruniyning bolalik davri haqidagi sahna ko‘rinishi bevosita olim yashagan tarixiy muhitni yanada jonlantirdi. Bolalar Beruniy ijodidan olingan hikmatli so‘zlardan namunalar o‘qishdi.
Shu bilan birgalikda Maktab o‘quvchilari orasida e’lon qilingan “Beruniy portretini yaratish”, “Beruniy hayoti va ijodini aks ettiruvchi videorolik tanlovi” qatnashchilarning ishlari namoyish qilindi.

Butun tadbir davomida zalda ko‘tarinki kayfiyat, ilm-u urfonning qaynoq nafasi sezilib turdi. Tadbir tashkilotchilari va faol o‘quvchilar tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Nodira Xolmatova,

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabning

oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

                                          

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun