Kutubxona fondi yanada boyidi

Date:

Muzrabot tumanida “Markaziy kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” va “Birga kitob o‘qiylik” mavzularida ommaviy kitobxonlik aksiyasi tashkil etildi. Albatta, ko‘zlangan maqsad bitta – yosh-u keksani kitobga oshno qilish, mutolaa zavqidan bahra oldirish. Kitob o‘qish odatga aylanar ekan, ma’naviy saviya o‘sishi aniq.

Aksiyada so‘zga chiqqanlar ayni masalaga to‘xtalib o‘tdilar. Kitobxonlikni keng targ‘ib etib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi. Muzrabotliklarning bu boradagi ezgu tashabbuslari e’tirof etildi.
Kitob o‘qiyman deganga esa O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kiruvchi Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tuman axborot-kutubxona markazi xizmat ko‘rsatmoqda. 700 mingdan ortiq axborot resurslari esa talabga munosib taklif deyish mumkin. Ushbu sonlarlarni oshirish, kitob fondini boyitish esa so‘nggi yillarda alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihat. Tashkil etilgan kitoblar aksiyasi esa ayni maqsadlarga xizmat qildi.

Bir vaqtning o‘zida 40 nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lgan Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi 12 mingdan ortiq nashr fondiga ega. Aksiya doirasida tuman hokimligi, tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar, kitobsevar fuqarolar kutubxonaga ikki mingdan ortiq eng sara kitoblarni sovg‘a qildi. qolaversa, tadbir doirasida yangi chop etilgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob savdosi orqali badiiy, ilmiy adabiyotlarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi. Ajoyib bayram dasturi esa aksiya ishtirokchilariga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun