Seminar: Uzum qalamchalaridan ko‘chat tayyorlash sirlari o‘rgatildi

Date:

“Yashil makon” loyihasi doirasida boshlangan “dolzarb 40 kun”likda nafaqat mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatlari ekilyapti, balki seminarlar, master-klaslar ham tashkil etilmoqdaki, bu fermer-dehqonga, har bir ko‘ngilliga kerakli ko‘nikma va tajribani beradi.

Termiz tuman hokimligi tashabbusi bilan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida uzum qalamchalaridan ko‘chat tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan seminar ayni maqsadga xizmat qildi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodulla Babomurotov hamda boshqa mas’ullar ishtirok etgan seminarda, ko‘chatchilik sohasida ko‘p yillik tajribaga ega dehqonlar tomonidan qalamchalarni tayyorlash, ularni yerga qadash va ko‘chat tayyorlash bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali tarzda tushuntirishlar berildi.
Bu kabi seminarlarni o‘tkazishdan maqsad ko‘chatlarni ekish, qalamchalarni qadash ishlarini sifatli hamda kelgusida bog‘zorlarni barpo etish uchun ko‘chatlar yetishtirishni samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat. Qolaversa, mo‘l-ko‘l hosil olish garovi hamdir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...

San’at – inson ruhiyatining ilhomi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Tasviriy va amaliy san’at”...

Bitiruvchilar bandligiga yangi turtki

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va yoshlar...
KunTun
KunTun