QIZIRIQDA YANGI TO‘YXONA OCHILDI

Date:

So‘nggi paytlarda to‘ylarimiz ancha ixchamlashib o‘tkazilayotganiga qaramay, xalqimizning ana shunday yaxshi kuni ko‘p. Sunnat va nikoh to‘yi qilish uchun yillar davomida yig‘inishadi. Elga osh berib, ezgu niyatlarini ma’lum qilishadi. Bunda yaqinlar, yor-u birodarlar hamdam, hamnafas bo‘ladi.

Avvallari to‘ylar xonadonlarda, hovlilarda alohida tayyorgarlik ko‘rib o‘tkazilgan bo‘lsa, endi tashvish chekishga hojat yo‘q. barcha shart-sharoitlarga ega muhtasham to‘yxonalar xalq xizmatida. To‘y egasi ham mehmondek borib keladi. Ortiqcha xizmat qilish, yelib-yugurish yo‘q.

Qiziriq tumanida ham ana shunday keng va shinam, kelgan mehmonning bahri dili ochilib, yayrab ketadigan muhtasham to‘yxona ochildi.

Tadbirkor Umid Mengliboyev tomonidan “Yetimqum” mahallasida qurilgan 550 o‘rinli “Billur” to‘yxonasi 1,5 milliard so‘mga ana shunday ajoyib ko‘rinish kasb etdi, pardozlanib, jihozlandi.

Qolaversa, to‘yxonada 8 kishi doimiy, 10 kishi mavsumiy ish bilan band. To‘yxonaning ochilish marosimida Qiziriq tuman hokimi R.Pardayev ham ishtirok etdi va boshlangan ezgu ishlarni bardavom bo‘lishini tiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun