“Workout” maydonchasi foydalanishga topshirildi

Date:

Yoshlarning jismonan chiniqishi, vaqtini mazmunli o‘tishida sportning, ayniqsa, ko‘chalarda ko‘rinish berayotgan street workout maydonchalarining o‘rni katta bo‘lib boryapti. Termiz shahrida ana shunday maydonchalar yana bittaga ko‘paydi. Maydonning ochilish maydoni esa yoshlar uchun haqiqiy xursandchilik bo‘ldi. Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida bir guruh mas’ul rahbarlarning ishtiroki va ochilish marosimida aytgan fikr va tilaklari yigit-qizlar uchun eng yaxshi motivatsiya bo‘ldi.

Eng muhimi yaratib berilayotgan mana shunday qulayliklar, shart-sharoitlardan unumli foydalanmoq, sportda yutuqlarga erishish uchun intilmoq lozim. Bu yo‘lda ko‘cha sporti sifatida ommalashib ulgurgan street workout shug‘ullanmoq uchun eng yaxshi imkoniyatdir.

Tadbir davomida ushbu yo‘nalishda respublika miqyosida Termiz shahar sha’nini munosib himoya qilib, faxrli 2-o‘rinni egallagan mahalla yoshlari jamoasi o‘z chiqishlarini namoyish etib, barchani hayratda qoldirdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun