Termiz umumqo‘shin dala poligonida Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan “Vatan tayanchi” harakati otryadlari a’zolari o‘rtasida “Shijoat maydoni” kompleks harbiy-sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Bellashuvlarda yoshlar sun’iy qoyaga chiqish, majmuaviy estafeta, kamondan o‘q otish, ot minish hamda “Mohir mergan” shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda. Ushbu sinovlar ishtirokchilarning jismoniy chiniqqanligi, chaqqonligi, merganligi va murakkab vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etmoqda.
Musobaqa yoshlarning harbiy-amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ularni Vatan himoyasiga tayyorlashga xizmat qilmoqda.

