“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti sport zalida o‘tkazildi.
Murosasiz kechgan bahslarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida Muzrabot tumani, qizlar o‘rtasida esa Angor tumani jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

