Muzrabot tumanining Yangi hayot mahallasida barpo etilayotgan besh qavatli ko‘p kvartirali uyda asosiy qurilish ishlari yakunlanib, pardozlash jarayonlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov “SURXON OBOD QURILISH” MCHJ tomonidan qurilayotgan mazkur obyektga tashrif buyurib, binoning sifati, bajarilgan ishlar va foydalanishga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mas’ullarga qolgan ishlarni qurilish me’yorlari va belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yaqin fursatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan yangi turar joy binosi mahallada zamonaviy uy-joy sharoitlarini kengaytirish va aholining yashash qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

