Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan san’at. Ayniqsa, yosh avlodning bu san’at orqali o‘z iste’dodini namoyon etishi, milliy raqslarimizni munosib targ‘ib qilishi quvonarlidir.
Termiz shahrida o‘tkazilgan “Oltin kuz” xalqaro ko‘rik-tanlovida Denov tumani madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Surxon zebolari” namunali bolalar raqs jamoasi ana shunday yuksak natijaga erishib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamoaning g‘oliblikni qo‘lga kiritishi yosh raqqosalarning iste’dodi, sahnadagi mahorati, tinimsiz mehnati va milliy raqs san’atiga bo‘lgan mehrining e’tirofidir.

