Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Prezident olimpiadasining respublika bosqichida Sariosiyo tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Iskandarova Zavqiniso faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija sportchining tinimsiz mehnati, mashg‘ulotlardagi qat’iyati hamda murabbiyining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir.
Respublika miqyosidagi musobaqada sovrindorlar qatoridan joy olgan Zavqinisoning yutug‘i uning kelgusi sport faoliyatida yangi marralar sari intilishiga zamin yaratadi.

