Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv xizmatlarining tayyorgarligi, tezkorligi va o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. Bunday vaziyatlarda har bir soniya muhim. Shu bois Sho‘rchi tumanida shartli zilzila oqibatlarini bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida vayronalar ostida qolgan jabrlanganlarni qutqarish, ularga zarur yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlar xizmatlarining hamjihatlikda harakatlanishi bo‘yicha amaliy vazifalar bajarildi. O‘quv mashqlari orqali qutqaruvchilarning tezkorligi, murakkab sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari va xizmatlar o‘rtasidagi muvofiqlik sinovdan o‘tkazildi.
Bunday mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni mustahkamlash, ehtimoliy kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali insonlar hayotini asrashga xizmat qiladi.

