Surxondaryoda jenshen yetishtiriladi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev hamda Koreyaning “NOVA AGRO Local Propagation Platform” kompaniyasi bosh direktori Jeong Gun Ho o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, universitetda koreys texnologiyalari asosida jenshen yetishtirish, zamonaviy gidroponik issiqxona tashkil etish va ushbu tajribani Surxondaryo fermer xo‘jaliklariga tatbiq qilish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik doirasida talabalar va mutaxassislar uchun Koreyada stajirovka o‘tash, malaka oshirish hamda kompaniya korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, jenshen va boshqa dorivor o‘simliklar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladi.

Loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri — universitetda jenshenni in vitro usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. Bunda Koreya tomoni investitsiya kiritishi, universitet esa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun joy ajratishi rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik universitetning ilmiy salohiyatini oshirish va amaliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, Surxondaryoda dorivor o‘simliklar yetishtirishning yangi yo‘nalishini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun