Sariosiyo tumanidagi 10-sonli “Jasorat maktabi”da yangi qabul qilingan o‘quvchilar ishtirokida tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratildi.
Marosimda o‘quvchilar Vatanga sadoqatli bo‘lish, intizomga rioya qilish va zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarishga tantanali va’da berdilar.

