Eng chekka mahallada yangi imkoniyat

Date:

Muzrabot tumanining Afg‘oniston va Turkmaniston bilan chegaradosh Chegarachi mahallasida 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 4 milliard 800 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan mazkur bog‘cha 120 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega.

Ochilish marosimida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, mahalla nuroniylari, faollar va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda yangi bog‘chada bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Ayniqsa, tumanning eng chekka hududlaridan birida zamonaviy maktabgacha ta’lim maskanining ish boshlashi mahalla aholisi uchun muhim voqea bo‘ldi. Yangi tashkilot bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini kengaytirish va ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joiz, joriy yilda Muzrabot tumanida foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 10 taga yetdi. Chegarachi mahallasidagi 21-sonli bog‘cha ushbu ro‘yxatdagi o‘ninchi tashkilot bo‘ldi.

Bu kabi loyihalar ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, hatto eng chekka hududlarda ham bolalar uchun munosib sharoit yaratish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun