Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Date:

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi xorijiy IT kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Muzokaralarda Gruziya, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Ummonning 10 ga yaqin kompaniyalari vakillari bilan Surxondaryoda filiallar ochish, yangi IT loyihalarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalarni hududga jalb etish va sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kelishuvlar amalga oshsa, xalqaro IT kompaniyalari bilan hamkorlik hududda raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi texnologik loyihalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun