Zarur koʻmak koʻrsatilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumanida kuzgi shudgorlash ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Unda barcha tumanlarning soha mutasaddilari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

Seminarda “Shudgor–2026” shtablarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash, yerlarni fosforli va kaliyli o‘g‘itlar qo‘llagan holda sifatli shudgorlash hamda ishlarni agrotexnik muddatlarda yakunlash masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mas’ullarga jarayonlarni samarali tashkil etish, ishlar sifatini nazorat qilish va shudgorlash otryadlariga zarur ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Seminar yakunida mavsumda mehnat qilayotgan otryad vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy otchilik: an’ana, mahorat va e’tirof

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari”...

Yoshlarimiz g‘oliblar safida

“Islohotlar bilimdoni – 2026” respublika ko‘rik-tanlovining ikkinchi kunida uchta...

Ezgulik yo‘lida birlashdilar

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat...

Badiiy havaskorlik jamoalari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyatida «Xalq havaskorlik jamoasi» va «Bolalar namunali jamoasi»...
KunTun
KunTun