Qizlar uchun suhbat, kelajak uchun saboq

Date:

Denov tumanidagi 101-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davraga kel, dugonajon!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda o‘quvchi-qizlar bilan oila qadriyatlari, odob-axloq, milliy an’analar, ta’lim va kelajak kasbini tanlash haqida suhbatlashildi. Xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik qilishi va bandligini ta’minlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham tushuntirildi.

Tadbirning badiiy qismida qizlar she’r, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlari bilan o‘z iqtidorini namoyish etdi.

Asosiysi, bunday uchrashuvlar qizlarni nafaqat bugungi hayotga, balki mustaqil kelajak sari dadil qadam tashlashga tayyorlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun