Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Date:

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi yengil atletika musobaqasining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 6 ta oliy ta’lim muassasasining saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 24 nafar talabasi ishtirok etdi. Yosh sportchilar chaqqonlik, tezlik va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz davlat universiteti jamoasi birinchi, Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi ikkinchi, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun