“Islohotlar bilimdoni – 2026” respublika ko‘rik-tanlovining ikkinchi kunida uchta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Jumladan, “Eng yaxshi tyutor”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” va “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyalari ishtirokchilari o‘z faoliyati va erishgan natijalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazib, hakamlar hay’ati savollariga javob berdi.
“Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti vakili Muzaffar Saitov birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakili Abdishukur Yuldashev hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakili Nigora Mirzaqulova ikkinchi, Namangan davlat pedagogika instituti vakili Gulmira Yuldasheva va Toshkent davlat transport universiteti vakili Zafar Usmonov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tanlov g‘oliblari tegishli darajadagi diplomlar hamda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 va 35 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilarga vazirlikning faxriy yorliqlari topshirildi.

