Kitobga mehr bolalikdan şakllanadi. Yoşlarning mutolaaga qiziqişini oşiriş, ularni badiiy adabiyotga oşno etiş va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan izçil taşabbuslar esa bu qiziqişni mustahkamlaydi.
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan taşkil etilgan turli körik-tanlovlarda qariyb 190 ming nafar öquvçining iştirok etgani ana şu yönalişdagi işlarning keng qamrovini körsatadi. Tanlovlar yakuni Termiz şahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida ötkazilgan “Kitobxonlik festivali”da sarhisob qilindi.
Festivalda ta’lim sohasi mas’ullari, hududiy bolalar kutubxonalari vakillari, pedagoglar, öquvçilar hamda ota-onalar iştirok etdi. Tadbirda mutolaani ommalaştiriş, maktab kutubxonalarining faoliyatini qöllab-quvvatlaş va yoşlarning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş masalalariga e’tibor qaratildi. Bu yönalişlar viloyat miqyosida taşkil etilgan tanlovlarda ham öz ifodasini topdi.
Jumladan, “Eng faol kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon öquvçi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonaçi” körik-tanlovlari orqali öquvçilarning mutolaaga munosabati, ijodiy izlanişlari, oilalardagi kitobxonlik muhiti hamda kutubxonaçilarning faoliyati e’tirof etildi. Festivalda uşbu yönalişlar böyiça yuqori natijalarga erişgan iştirokçilar taqdirlandi.
“Ijodkor bolalar” yönalişida Termiz tumanidagi 8-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Umida Muhammadiyeva, “Eng faol kitobxon öquvçi” nominatsiyasida esa Oltinsoy tumanidagi 20-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Latofat Şoymardonova ğolib deb topildi. “Eng faol kitobxon maktab” yönalişida Qumqörğon tumanidagi 70-sonli maktabning “Zukko kitobxon” jamoasi yuqori natija körsatdi. Şerobod tumanidagi 36-sonli maktab kutubxonaçisi Ruhiya Normamatova “Eng faol kutubxonaçi” nominatsiyasi ğolibi böldi.
Festival davomida tanlovlarda yuqori natijalarga erişgan 12 nafar öquvçi rağbatlantirildi. Şuningdek, bolalarni kitobga oşno etiş, kutubxonalar faoliyatini rivojlantiriş va mutolaa madaniyatini tarğib qilişga hissa qöşgan bir guruh kutubxonaçilar ham taqdirlandi.
Öquvçilar tomonidan tayyor-langan badiiy çiqişlar, kuy-qöşiqlar va ijodiy dasturlar festivalga bayramona ruh bağişladi. Tadbir tanlovlar yakunini sarhisob qiliş bilan birga, kitobxonlikni tarğib etişda öquvçi, oila, maktab va kutubxona hamkorligining ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Sayyora Ğofulova,
Viloyat bolalar kutubxonasi uslubiy bölim boşliği

