O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J. Qo‘chqorov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Rajabov Angor tumanida bo‘ldi.
O‘rganish davomida Yuqori Tallimaron mahallasida ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalanish holati, xususan, «Bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida ekilgan ekinlarning rivojlanish jarayoni bilan tanishildi.
Mas’ullarga yer maydonlaridan samarali foydalanish, ekinlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash, zarur tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va hosildorlikni oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

