Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi va milliy ot sporti an’analariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
Unda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi Saidazim Hakimov ham ishtirok etdi. Ko‘rgazmada o‘zbek otchiligining o‘ziga xos jihatlari, nasldor otlar namoyish etildi.
Quvonarlisi, Qorabayir mahorat maktabiga qarashli ot “Eng noyob ot” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

