Muzrabot tumanida kelgusi yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlari boshlandi.
Shu munosabat bilan tumanning Yangiobod hududidagi Mamatali Xolboy fermer xo‘jaligi dalasida amaliy seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, soha mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mexanizatorlar ishtirok etdi.
Seminarda yer maydonlariga sifatli ishlov berish, texnikalardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi mas’ullarga kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, texnikalar safarbarligini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Zero, kelgusi yil hosilining mo‘l-ko‘l bo‘lishi bugungi puxta agrotexnik tayyorgarlik va yerga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga bog‘liq.

