Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Date:

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning yangi tizimi joriy etilmoqda.

21-sentabr kuni qabul qilingan Prezident qarori bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish hamda bunday holatlar yuzasidan murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish mexanizmlari belgilandi.

2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. Xodimlar murojaatlarni onlayn yuborishi, ularni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlarini raqamli kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

Tizimda murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, rahbar ustidan kelib tushgan murojaatni yuqori turuvchi instansiyaga yo‘naltirish hamda shikoyat qilgani uchun xodimga bosim o‘tkazish yoki uning ish sharoitlarini yomonlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kafolatlari ham nazarda tutilgan.

Zarur hollarda murojaatlarni “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.

Shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari har yili qisqa o‘quv kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda esa tizimni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun mas’ul xodim belgilanadi.

Yangi tartibning mohiyati — muammoni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va yakuniy natijani nazorat qilish imkonini beradigan aniq tizim yaratishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun