Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

Date:

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi — hayvonlar, qushlar, odamlar va manzaralarni kitob sahifalari hoshiyasiga uyg‘un joylashtirish an’anasi bugungi kungacha yetib kelgan noyob asarlarda aks etgan. Shunday nodir namunalardan biri — “Kitob mutolaa qilayotgan yigit” tasvirlangan sahifa. Hozirda Luvr muzeyida saqlanayotgan ushbu miniatyura mashhur musavvir Muhammad Sharif qalamiga mansub. Unda qo‘lida ishq dostoni yozilgan devonni tutgan yosh yigit tasvirlangan.

Asarning yana bir o‘ziga xos jihati — bosh qahramon atrofidagi hoshiya bezaklarida turli syujetlarning aks ettirilganidir. Bu tasvirlar mashhur samarqandlik miniatyurachi Muhammad Murod Samarqandiy tomonidan ishlangan bo‘lib, uning nomi sahifa hoshiyasida ham saqlanib qolgan. Tadqiqotchilar dastxat va badiiy uslubiga qarab, ushbu nodir asar XVII asr boshlarida, ehtimol 1599-yildan keyin Buxoroda, Ashtarxoniylar davrida Movarounnahr kitobxonalaridan birida yaratilganini taxmin qiladi.

Bir sahifaga jamlangan bu tasvirlar o‘sha davr musavvirlarining nafaqat badiiy mahorati, balki kitob bezagiga bo‘lgan yuksak didi va murakkab kompozitsion yechimlaridan ham darak beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun