Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Date:

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona va issiqlik tarmog‘ini o‘rnatish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D. Normuradova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov hududdagi ishlarning borishini joyiga chiqib o‘rgandi.

Tashrif davomida loyiha ijrosi, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan vazifalar bajarilishi va obyektni o‘z vaqtida yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi. Pudratchi tashkilot rahbari bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, ishlarni belgilangan talablar asosida davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish”idan biri — hududdagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatini o‘rganish mezoni asosida o‘tkazildi.

Loyihaning yakunlanishi mahalladagi issiqlik ta’minoti sharoitlariga bevosita ta’sir qilishi bois, uning ijrosi keyingi nazorat jarayonlarida ham kuzatib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun