Surxondaryo jamoasi gastronomik festivalda birinchi

Date:

Xiva shahridagi “Arda Xiva” turizm majmuasida 19–20-sentyabr kunlari II xalqaro “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiya vakillari milliy taomlarini namoyish etdi.

Milliy taomlarni tayyorlash va taqdim etish mahorati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Surxondaryo viloyati jamoasi hakamlar qaroriga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoaga 60 million so‘mlik mukofot puli sertifikati topshirildi.

Surxondaryolik oshpazlarning ushbu yutug‘i vohaning milliy taomlari va gastronomik an’analarini kengroq targ‘ib etish uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun