TerDUda xalqaro matematika konferensiyasi boshlandi

Date:

Termiz davlat universitetida matematikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi.

21–22-sentyabr kunlari o‘tkazilayotgan anjuman TerDU hamda Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida tashkil etildi. Konferensiyada Qozog‘iston va Tojikiston Fanlar akademiyalari vakillari, Boshqirdiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi hamda Turkiyaning U‘shak universiteti professorlari ishtirok etmoqda.

Ilmiy muloqot davomida matematik fizika, dinamik sistemalar, sonli usullar, matematik modellashtirish va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda tadqiqot natijalari muhokama qilinmoqda. Konferensiya dasturidan yalpi majlislar va 6 ta ilmiy sho‘ba o‘rin olgan. Anjuman doirasida fizika-matematika fanlari doktori, professor Miraxmat Mirsaburovning 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan yubiley tadbiri ham o‘tkazilmoqda.

Xalqaro konferensiya olimlar o‘rtasida tajriba almashish va yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun