Ta’lim-tarbiya jarayoni o‘rganildi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Surxondaryoga tashrifi doirasida Termiz shahridagi 1- va 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quvchilar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, pedagoglar uchun mehnat sharoitlari, maktablarning moddiy-texnik bazasi hamda kutubxonalar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va kutubxonalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

Tashrif davomida pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish va maktab faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ularning fikr va takliflari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun